Samarqand Davlat
tibbiyot instituti

Nomdor stipendiya bo'yicha tanlovga ariza topshirish

PINFL orqali ma'lumotnoma olish
Murojaat qilish tartibi
Murojaatlarni Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti (SamMI) rasmiy sayti orqali qabul qilish, fuqarolarning murojaat qilishi uchun qo'shimcha imkoniyat hisoblanadi. Ushbu Nizom, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.08.2007 yildagi 181-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari to'g'risidagi nizom"ga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga xizmat ko'rsatishning shartlari va tartibini belgilaydi.
Rasmiy sayt orqali qabul qilingan murojaatlar, onlayn rejimida SamMI murojaatlari xizmatiga (keyinchalik – Xizmat)yetkaziladi. SamMI rasmiy saytida fuqarolar murojaatlari shaklida ko'rsatilgan barcha hoshiyalar (maydonlar) to'ldirish uchun majburiydir. Murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash manzili to'g'risidagi ma’lumotlar ko'rsatilmasa yoki ular noto'g'ri ko'rsatilsa, bu murojaatlar noma’lum hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi. Murojaatning to'g'riligini isbotlash uchun Xizmat xodimlari murojaat kelib tushgan paytdan boshlab 4 kun davomida murojaatda ko'rsatilgan telefon raqami orqali yoki elektron manzil bo'yicha arizachi bilan bog'lanadilar. Murojaatning haqiqiyligi aniqlangandan so'ng, belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi. O'zbekiston Respublikasining 06.05.1994 yilda qabul qilingan 1064-XII sonli "Fuqarolar murojatlari to'g'risida"gi Qonuni 18-moddasiga muvofiq arizalar va shikoyatlar kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddatda, qo'shimcha o'rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza yoki shikoyatlar esa o'n besh kundan kechiktirmay ko'rib chiqiladi. Ariza yoki shikoyatni ko'rib chiqish uchun tekshirish o'tkazish, qo'shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko'rish zarur bo'lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko'rib chiqish muddati SamMI rahbariyati tomonidan istisno tariqasida uzog'i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi. Fuqarolar murojaatlarini rasmiy sayt orqali qabul qilish SamMIga og'zaki, yozma yoki to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish kabi bir xil kuchga ega